date

Evro-2016. Uels Rossiyani yirik hisobda engib, guruhdan 1-o‘rin bilan chiqdi

Evro-2016. Uels Rossiyani yirik hisobda engib, guruhdan 1-o‘rin bilan chiqdi

Evropa chempionatining "V" guruhida so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazildi. Rossiya terma jamoasi pley-offga chiqishi uchun faqat g‘alaba qozonishi shart edi, Uelsni durang ham qanoatlantirardi, deyiladi "Kun" nashrida

Bu o‘yinda Sluskiy shogirdlari bitta ko‘rsatkich bo‘yicha ustunlikka ega bo‘lishdi — ular ko‘proq to‘pni nazorat qilishdi. Tarkibida Beyldek tezkor futbolchisi bo‘lgan uelsliklar uchun qarshi hujumda kengroq maydonga ega bo‘lish ayni muddao edi. To‘pning Garetga kelib tushishi deyarli har safar xavfli vaziyatni yuzaga keltiraverdi.

O‘yinning 11-daqiqasidayoq hisob ochildi. Jo Allenning uzatmasidan keyin Remzi darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi va to‘pni Akinfeevning ustidan oshirib qo‘ydi. Oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas farq yana bittaga oshdi. Shirokov to‘pni qaytarish chog‘ida Nil Teylorni Akinfeev bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi. Qanot himoyachisining dastlabki zarbasini Akinfeev qaytardi. Teylor takroriy zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi!

Bahsning 27 va 30-daqiqalarida ikkala jamoa bittadan golli vaziyatga ega bo‘lishdi. Dzyuba birga bir vaziyatga chiqib, jarima maydonchasi ichida bergan zarbasi Henessining qo‘lidan yon tomonga ketdi.

Beyl o‘z jarima maydonchasi oldida to‘pni egalladi va yuqori tezlikda butun maydonni bosib o‘tdi. U ikki himoyachini aldab, Vouksni birga-bir vaziyatga chiqardi. Uning zarbasini Akinfeev oyog‘i bilan qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda ham o‘yin sur’ati o‘zgarmadi. Rossiya ko‘proq hujumga qilishga harakat qildi, ammo Uelsning qrashi hujumlari ancha xavfli bo‘ldi. Glushakovning xatosidan keyin Beylga darvozabon bilan yakama-yakka vaziyatga chiqib, o‘tkir burchak ostida zarba berdi. To‘p Akinfeevning oyog‘iga tegib, olis ustun yonidan o‘tib ketdi.

Beyldek futbolchilar ketma-ket ikkita imkoniyatni havoga sovurmaydi. Remzining uzatmasidan keyin hujumchi jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi va yuzma-yuz holatda Akinfeevni dog‘da qoldirdi.

Ushbu gol ruslarni ruhan sindirdi, o‘yinni Uels nazorat qilia boshladi. Shunga qaramay, o‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganida Dzyubada ajoyib imkoniyat yuzaga keldi. Chap qanotdan etkazilgan uzatmani Artyom besh metrdan darvozaga joylay olmadi.

Rossiya terma jamoasi 1 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Angliya va Slovakiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda durang qayd etilgani bois, Uels 6 ochko bilan guruhda 1-o‘rinni egalladi. Angliya 5 ochko bilan 2, Slovakiya 4 ochko bilan 3-o‘rinni band etdi.

Rossiya – Uels 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 11 Remzi, 0:2 – 20 Teylor, 0:3 – 67 Beyl.

Rossiya: Akinfeev, Ignashevich, Berezuskiy (Berezuskiy, 46), Smolnikov, Kombarov, Glushakov, Mamaev, Shirokov (Golovin, 52), Smolov (Samedov, 70), Dzyuba, Kokorin.
Uels: Xennessi, Uilyams, Devis, Teylor, Chester, Remzi, Allen (Edvards, 74), Beyl (Cherch, 83), Ledli (King, 76), Ganter, Vouks.
Ogohlantirishlar: Vouks (17), Mamaev (65).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Evro-2016. Uels Rossiyani yirik hisobda engib, guruhdan 1-o‘rin bilan chiqdi