"Al-Ittihod" yana bir yevropalik futbol yulduzini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqda

"Al-Ittihod" yana bir yevropalik futbol yulduzini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqda
"Al-Ittihod" yana bir yevropalik futbol yulduzini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqda
Yaqindagina Karim Benzema transferini amalga oshirgan va N'Golo Kanteni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga urinayotgan Saudiyaning "Al-Ittihod" klubi yana bir transfer ustida ishlamoqda.
 
Angliyaning "Vulverxempton" klubi bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetganidan keyin erkin agentga aylangan portugaliyalik Joau Motuino Saudiya Arabistoniga yo‘l olmoqda, deya xabar tarqatdi insayder Ekrem Konur. Uning maoshi yiliga 23 million yevroni tashkil qiladi.
 
Moutino faoliyati davomida "Sporting", "Monako" va "Portu" kabi klublarda to‘p tepdi. Shuningdek, yarim himoyachi Portugaliya bilan Millatlar ligasi va "Yevro-2016"da zafar quchgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar