200
O‘mon jamoasi bosh murabbiyi: "O‘yinimiz chiqmaganiga asosiy sabab O‘zbekistonning kuchli o‘yin tashkil etgani bo‘ldi"
"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichidan o‘rin olgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi Ummonni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Mazkur uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘mon termasi bosh murabbiyi Branko Ivankovich ishtirok etdi.
"Avvalambor, assalomu alaykum! O‘zbekistonni haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Ular g‘oliblarga xos harakat qilishdi. Bu o‘yinda ham yaqqol sezilib turgandi. Keyingi bahsda xatolarimizni to‘g‘rilab, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
O‘zbekiston juda yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ular nazoratni yo‘qotib qo‘ymadi. Bizning o‘yinimiz chiqmaganiga asosiy sabab bugun raqibning kuchli o‘yin tashkil etgani bo‘ldi.
Bizning futbolchilarimizning ko‘pida mavsum yakuniga yetdi. O‘zbekistonda esa bunday emas. Ularda hozir chempionat qizg‘in pallada. Bu ham natijaga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.
Eronda ham chempionat yakuniga yetdi. O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi o‘yin qiziqarli bo‘ladi. Ammo aniq qay biri kuchli ekanini ayta olmayman. Ikki terma ham ayni payt yaxshi kayfiyatda va bu ularning natijasiga ijobiy ta’sir o‘tkazib keladi, albatta.
Men bugun eng yaxshi formada bo‘lib turgan futbolchilarni maydonga tushirdim. Ular ham maydonda g‘alaba uchun harakat qildi. Men ularga oxirigacha ishonaman", - dedi mutaxassis.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?