
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi va Qirg‘iz Respublikasi olimpiya terma jamoasi o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng O‘zbekiston olimpiya termasi bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
- O‘yin haqida
- O‘yin kerak edi. Ikkala jamoaga ham. Biz bu o‘yinga zo‘riqish bilan keldik. Lekin, o‘yin yaxshi bo‘ldi. Ko‘proq gol urishimiz ham mumkin edi. Ikkinchi bo‘limda yoshlarni ham ko‘zdan kechirib oldim. Qayerdadir muammolar bor, bularni ustida ishlaymiz. Qirg‘iziston yaxshi himoyalandi. Bundany himoyani yorib o‘tishga mahorat va kuch kerak.
- Husayn Norchayev jamoaga qo‘shilib keta olmagandek tuyuldi...
- Husayn o‘z jamoasida anchadan beri o‘yin amaliyotisiz qolmoqda. U hozir tonusda emas. Bu narsaga sabab shu. Husaynning potensialini yaxshi bilamiz. Futbolchi o‘ynab turishi kerak. Bugun xavo ham ancha issiq bo‘ldi. Buni ham ta’kidlab o‘tish kerak.
- Juda ko‘p rotatsiya qilmoqdasiz. Lekin asosiy tarkib oxirgi o‘yinlariga tayyor deb o‘ylaysizmi?
- Bunga o‘rtoqlik o‘yinlari kerak. Tekshiryapmiz, ko‘zdan kechiryapmiz. Oxirgi pallalarda eng kuchlilarni tanlab olamiz. Har bir o‘yinchining potensialini taxminan bilamiz. Bu yig‘inlar ham shu sabab kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar