01:27 / 15.06.2023
138

Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi

Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov CAFA Nations Cup—2023 2-turi doirasida Turkmanistonga qarshi kechgan bahsda (2:0) dubl muallifiga aylandi.
 
Bu Shomurodov uchun terma jamoa safidagi 35 va 36-gollar bo‘ldi. 27 yoshli futbolchi Maksim Shatskixni (34 ta gol) ortda qoldirgan holda O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
 
Eldor 36 ta gol urish uchun 64 ta o‘yin sarfladi, Shatskix 61 ta o‘yinda 34 ta gol urishni uddasidan chiqqandi.
O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar:
 
1. Eldor Shomurodov — 36
2. Maksim Shatskix — 34
3. Mirjalol Qosimov — 31
4. Aleksandr Geynrix — 31
5. Server Jeparov — 25
6. Odil Ahmedov — 21
7. Igor Shkvirin — 20
8. Igor Sergeyev — 17
9. Ja’far Irismetov — 15
10. Ulug‘bek Baqoyev — 14.
 
Qayd etish kerak, Shomurodov yana uchta o‘yindan keyin terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha, Mirjalol Qosimovning natijasini (67) takrorlab, bu borada top-10 likka kirishi mumkin. Terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi Server Jeparov hisoblanadi — 128 ta o‘yin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi
ePN