O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov hozircha to‘purarlik mahoratini asosan xalqaro maydonda namoyish qilmoqda.
27 yoshli futbolchimiz “CAFA Nation's Cup” xalqaro turnirida Turkmaniston terma jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda dubl qayd etib, hamyurtlarimiz g‘alabasini ta’minladi.
Bu ikki gol Shomurodovni milliy terma jamoamiz tarixida eng ko‘p gol urgan rekordchiga aylantirdi. Hozircha, bosh jamoa safida 64 ta uchrashuv o‘tkazgan Eldor hisobida 36 ta gol bor va bundan buyon uning har bir kiritgan to‘pi yangi rekord sifatida qayd etilaveradi.
Shunga qaramay, hamyurtimizning klublar miqyosidagi faoliyati bu mavsum ko‘ngildagidek bo‘lmadi. A Seriyada “Roma”da oltita va “Spetsiya”da 15 ta uchrashuvda qatnashib, bittadan gol va assist qayd etdi. Pley-offda bitta golli pas uzatdi.
Shuningdek, “Roma” futbolchisi sifatida Yevropa ligasida ikkita uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi. Umumiy hisobda, jami 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkitada gol va uchta assist qayd etdi. Bu Yevropa futbolida past ko‘rchatkich.
Eldor Shomurodov tez orada “Roma” safiga qaytishini ta’kidladi. Kelasi mavsum boshlangunga qadar Joze Mourino jamoasida katta o‘zgarishlar bo‘ladi. Ayniqsa, hujum chizig‘ida. Transferga qo‘yilgan Temmi Abraxam og‘ir jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqan. Paulo Dibalaning kelajagi ham mavhum. Unga katta klublar ko‘z tikmoqda.
Shomurodov “Roma”da o‘ynagan paytda hujum markazida Temmi Abraxamga, chap qanotda Stefan El-Shaaravi hamda Kristian Volpatoga raqobatni boy berib qo‘yayotgan edi. Abraxam safdan chiqqani aytildi.
Yozda qolgan ikki raqobatchi ham ketadigan bo‘lyapti. Stefan El-Shaaravining shartnomasi yakunlandi. Hali yangisi imzolangani yo‘q. Unga Turkiyadan jiddiy chorlov bo‘lyapti. “Fenerbahche”ni qabul qilib olishga rozilik bergan Vinchenso Montella klub rahbariyatidan Stefan El-Shaaravi transferini talab qilmoqda.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, turk klubi Stefanga “Roma”nikidan yaxshiroq shartnoma berish orqali bu transferni ijobiy hal qilishga kirishgan.
Bundan tashqari, 30 yoshli futbolchi oldidagi o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan “Milan”ga qaytish varianti ham kun tartibidan tushgani yo‘q.
El-Shaaravi yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 42 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va to‘rtta assist yozdirib qo‘ydi.
Eldorning yana bir raqobatchisi – Kristian Volpato “Sassuolo”ga o‘tib ketishga juda yaqin turibdi. Volpatoga agentlik qilayotgan Franchesko Totti “Sassuolo” bilan muzokarani ijobiy yakunlash arafasida. Bu haqda La Repubblica nashri xabar tarqatdi.
“Sassuolo” bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan iste’dodli futbolchini to‘liq transfer qilmoqchi. Buning uchun ular “Roma”ga 9 million yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.
19 yoshli Volpato mavsum davomida A Seriyada yettita o‘yinda bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi. Italiya kubogida bitta, Yevropa ligasida uchta bahsda qatnashdi.
Xulosa o‘rnida aytish lozimki, Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inidan qaytganidan keyin “Roma” safiga qo‘shiladi. Hamyurtimiz kelasi mavsumni qayerda boshlashini aniqlashtirib olishi lozim.
Agar Joze Mourino yangi mavsumda ham legionerimizga yetarlicha ishonch bildirmasa, Eldorning agentlari unga boshqa jamoa topishi kerak bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi