23:56 / 17.06.2023
324

Vlado Radmanovich: "Eron bilan solishtirganda, ustunlik bizda"

Vlado Radmanovich: "Eron bilan solishtirganda, ustunlik bizda"
CAFA Nation's Cup-2023 turnirining 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Tojikiston uchrashuvidan so‘ng mezbonlar yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
 
O‘yin haqida
- Ikki xil taym guvohiga aylandik. O‘z darvozamizdan dastlab gol o‘tkazib yuborganimizga qaramay, yigitlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch kamaymadi. Taym boshida o‘zgarishlar amalga oshirdik va bu o‘zini oqladi. O‘ylashimcha, haqli g‘alabaga erishdik. Bugun kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan futbolchilarga imkon berishga harakat qildik.
 
Eldor Shomurodov: Birinchi bo‘limda jarimadan gol o‘tkazib yuborganimizga qaramay, yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Ikkinchi bo‘limda esa tempni oshira oldik va yakunda g‘alaba qozondik.
 
— Katanetsning ahvoli qanday? U finalga yetib kela oladimi?
V.R: Biz u bilan domiy aloqadamiz. Katanetsning ahvoli yaxshi. Yaqinda uning o‘g‘li Sloveniyadan yetib keldi. Uning aytishicha, Srechkoning salomatligi yaxshi.
 
— Eronning kuchli tomonlari nimada?
— Shaxsan Eronni yaxshi bilaman. Iroq terma jamoasida ishlagan paytimiz ular bilan uch marotaba to‘qnash kelganmiz. O‘ylashimcha, imkoniyatlar 60/40, ustunlik bizda.
 
— Finalda ham tarkib borasida rotatsiya ko‘rishimiz mumkinmi?
— Hal qiluvchi o‘yin muhim ahamiyatga ega bo‘lgani bois unda asosiy tarkib maydonga tushadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vlado Radmanovich: "Eron bilan solishtirganda, ustunlik bizda"
ePN