
Bugun "CAFA Nations Cup" turnirining final bellashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda "A" kvarteti peshqadami O‘zbekiston milliy terma jamoasi narigi "B" guruhda birinchi o‘rinni egallagan Eronga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur o‘yin oldidan biz sizga qiziq ma’lumotni e’tiboringizga havola etamiz. Eron terma jamoasi hujumkor o‘yin namoyish etib, ko‘plab gollar urishiga qaramasdan mudofaa chizig‘ida ayrim muammolar ham yo‘q emas.
"Fors yo‘lbarslari" so‘nggi o‘tkazilgan 5 o‘yinning barchasida o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan. AQSHga qarshi jahon chempionatida, Rossiya va Keniyaga qarshi o‘rtoqlik bahslarida va "CAFA Nation's Cup" turnirida Afg‘oniston va Qirg‘iz Respublikasi ham bugungi raqibimizni ranjitishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Eronga qarshi final uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start olishi rejalashtirilgan.

CAFA Nations CupO‘zbekiston Terma JamoasiEron Terma JamoasiBunyodkor StadionFinal UchrashuviHujumkor O‘yin O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar