
1 iyul ( Toshkent vaqti bilan 2 iyulga o‘tar kechasi) start oluvchi UFC Fight Night turniri o‘zbekistonlik MMA ixlosmandlari uchun yanada qiziqarli tus olishi aniq bo‘ldi.
Sababi, uzoq vaqtdan buyon UFC bilan shartnoma imzolishi kutilayotgan yurtimizning mashhur MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev jahonning eng nufuzli promoushenida debyut qiladigan bo‘ldi. Yurtdoshimiz o‘rta vazn (83,9 kg) toifasida jang qiladi. Tez orada uning raqibi haqida ma’lumot beramiz.
Ma’lumot uchun: Nursulton Ro‘ziboyev professional faoliyati mobaynida 35 ta g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va 2 durang qayd etgan.Shuningdek, bitta natijasi bekor qilingan jang ham bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar