
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski Saudiya Arabistoni chempionatiga ko‘chib o‘tishni rad etdi.
Meczyki.pl xabariga ko‘ra, Saudiya klublaridan biri 34 yoshli polshalik futbolchining agenti bilan bog‘langan. Levandovskiga yiliga 150 million yevro maosh taklif qilingan. Biroq futbolchining o‘zi bu transferga qiziqmagan va muzokaralar olib bormagan.
“Barselona” forvardi o‘tgan mavsum La Ligada 34 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirib, chempionat to‘purari bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar