
O‘zbekiston 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
"Bugun FIFA Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidan FIFA miqyosidagi bir qator musobaqalar, xususan, futzal va futbol bo‘yicha jahon birinchiligi musobaqalariga mezbon mamlakatlarni belgilash masalalari o‘rin oldi.
E’tiborli jihati, 2024 yilgi futzal bo‘yicha jahon chempionati musobaqasi O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilandi. Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, yurtimiz FIFA tasarrufidagi Jahon chempionatiga birinchi bor mezbonlik qiladi", - deyiladi tashkilot xabarida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar