Evro-2016. Belgiya Shvetsiyani mag‘lub etdi


Yevropa chempionatining guruh bosqichiga yakun yasaldi. E guruhi vakillari Belgiya hamda Shvetsiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda belgiyaliklar Radja Nainggolanning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Belgiya guruhda ikkinchi bo‘ldi, Shvetsiya esa musobaqani tark etdi, deyiladi "Kun" nashrida.
Evro-2016. "E"- guruh.
Shvetsiya – Belgiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: Nainggolan (84).
Shvetsiya: Isaksson, Yuxansson, Olsson, Lindelef, Grankvist, Larsson (Durmaz, 70), Ekdal, Chelstrem, Forsberg (Zengin, 82), Berg (Gvidetti, 63), Ibrohimovich.
Belgiya: Kurtua, Alderveyreld, Vertongen, Menye, Vermalen, Nainggolan, Vitsel, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko (Mertens, 71), Azar (Oriji, 90), Lukaku (Benteke, 87).
Ogohlantirishlar: Menye (30), Ekdal (33), Yuxansson (36), Vitsel (45).































Izohlar 0
…