23:59 / 24.06.2023
167

Ro‘ziqul Berdiyev: "Markaziy himoyachining gol urishi oddiy holatga aylanib bo‘ldi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Markaziy himoyachining gol urishi oddiy holatga aylanib bo‘ldi"
Coca Cola Superligasi 13-turida OKMK ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.
 
- OKMK juda kuchli jamoa hisoblanadi. Bu kabi raqiblar bilan o‘yinlarda tartibga e’tibor berish kerak. Himoyada tartibli o‘ynaganimiz va raqibning hujum qilishiga yo‘l bermaganimiz g‘alabaning asosi bo‘ldi deb o‘ylayman. Garchi ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, dilni xira qiladigan ishlar ko‘p bo‘ldi. Masalan, qarshi hujumlarga chiqishda juda qiynaldik. Yaxshi himoyalandik, biroq zaxiradan tushgan futbolchilar qarshi hujumlarni tezlatib berishlari kerak edi. Kuchli raqibni mag‘lub qilganimizdan o‘zimiz ham mamnunmiz va muxlislarni ham tabriklab qolamiz.
 
- G‘olib G‘aybullayev bugun maydonda ko‘rinmadi.
- U bizning rejamizda bor edi. Bugun ertalab u biroz betobligini ma’lum qildi va shu sababli uni qaydnomaga kiritmadik. 
 
- Marko o‘yinga tayyor emasmi?
- Albatta, ba’zi muxlislarni tushunaman, ular yaxshi futbolchilarning o‘yinini tomosha qilishni yaxshi ko‘rishadi. Agar yaxshi holatda bo‘lsa, menga ham jamoamga ham kerak. Uning holati biz kutgandek emas. Mashg‘ulotlarda ko‘ryapmiz, 5-6 oy davomida futbol o‘ynamagan futbolchi 10 kunda tayyor holatga kelishi amri mahol. U yetakchimiz hisoblanadi va tayyor bo‘lganda maydonga tushiramiz.
 
- Aliqulov bugun 10-o‘yinida 5-golini urdi. Bu haqda nima deysiz?
- Mashg‘ulotlarda standartlar ustida ko‘p ishlaymiz. Bugun u nafaqat standartda, balki, boshqa jihatlarda ham yaxshi o‘ynadi. Bosh bilan o‘ynashi Husniddinning eng ustun jihatlaridan biri. O‘zi futbolda aytishadi-ku, gollarning 50 foizi standartlardan uriladi. Ko‘plab jamoalar bunga e’tibor qaratishadi. Markaziy himoyachilarning hujumga chiqib gol urishi oddiy holatga aylanib bormoqda.
 
- Legioner Lima Kruz bilan shartnoma tugamoqda.
- Ha, shartnoma iyulda tugaydi. Rejamizda bor, ayni damda yuqori saviyadagi hujumchi izlayapmiz, biroq bu oson bo‘lmaydi. Lekin biz izlashda davom etyapmiz. Balki, shartnomani uzaytirish uchun muzokaralarga kirisharmiz.
 
- "Nasaf"ning Ruben Xebay bilan qiziqayotgani borasidagi xabar chiqdi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?
- Bizga uning jamoadan ketishi mumkinligi borasidagi xabar chiqqanida u haqida ma’lumot yig‘ishga harakat qildik. Biroq u jamoasi bilan faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Markaziy himoyachining gol urishi oddiy holatga aylanib bo‘ldi"
ePN