O‘zbekiston terma jamoasi oldinda turgan rasmiy musobaqalarga tayyorgarlikni davom ettiradi.
"Vakillarimiz sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Bolgariyaga qarshi uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgandi. Biroq murabbiylar shtabining qaroriga ko‘ra, vakillarimiz Amerika Qo‘shma Shtatlarida yig‘in o‘tkazadigan bo‘ldi.
Srechko Katanes shogirdlari yig‘in doirasida 10 sentyabr kuni FIFA reytingida 11-o‘rinni egallab turgan AQSH milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadilar. Uchrashuv Missuri shtati Sent-Luis shahridagi "CityPark" stadionida bo‘lib o‘tadi", – deya xabar berdi O‘FA.
AQSH – O‘zbekiston
10 sentyabr. 03:30 (Toshkent vaqti)
“CityPark” stadioni. Sent-Luis
Ma’lumot o‘rnida, mazkur bahs jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘zaro o‘yin hisoblanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring