“Barselona” yarim himoyachisi Frank Kessega Saudiya Arabistonining “Al-Ahli” klubidan jiddiy qiziqish bo‘lyapti.
Kataloniyaliklar safida kutilgan o‘yinni namoyish qila olmagan Frank ketishshga tayyor. U klub rahbariyatidan o‘zini tekinga qo‘yib yuborishni so‘radi.
Sport.es nashrining ma’lum qilishicha, saudiyaliklar Kesse erkin agent sifatida jamoaga kelsa, bonus ajratilishini va’da qilgan.
“Barselona” esa 26 yoshli futbolchini sotmoqchi. Ular bu transferdan keladigan pulni “Inter” vakili Marselo Brozovichni olishga yo‘naltirmoqchi.
Kesse “Barselona”ga bir yil muqaddam erkin agent sifatida kelgandi. Shu paytga qadar 43 ta uchrashuvda qatnashib, uchtadan gol va assist rasmiylashtirdi. Uning shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar