10:30 / 01.07.2023
106

Jamoliddin Rahmatullayev: "Jahon chempionatida bundan ham kuchli tomonlarimizni ko‘rsata olamiz"

Jamoliddin Rahmatullayev: "Jahon chempionatida bundan ham kuchli tomonlarimizni ko‘rsata olamiz"

Xabaringiz bor, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Tailandda o‘tgan U-17 Osiyo kubogida yarim finalgacha yetib borib Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Yarim finalda koreyalik tengqurlariga imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashgan vakillarimiz kecha tunda yurtimizga qaytib kelishdi.

Ko‘rinib turibdiki futbolchilarning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortgan, o‘ziga xos tajriba to‘plashgan. Biz musobaqaning boshqa foydali jihatlari xususida terma jamoa bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayevga yuzlandik.

"Avvalambor bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha ishqibozlarimizga rahmat. Albatta bunday katta xalqaro musobaqalar foydaga ishlaydi. Har bir o‘yinda mas’uliyat, bosim bor. Kuchli raqiblar bilan kamchiliklarimizni ko‘rib oldik. Yaxshi tajriba to‘pladik. O‘ylaymanki, bu Jahon chempionatida asqotadi.

Xalqimiz bizdan yaxshi natija kutayotgandi. Chunki bu yosh toifasida hali Jahon chempionatiga anchadan beri chiqmayotgan edik. Katta mehnat qilindi. Xudo bizni sababchi qildi. O‘zim uchun emas, shogirdlarimning keyingi faoliyati uchun bu Osiyo kubogi poydevor vazifasini o‘taydi.

Qaysidir ma’noda faoliyatimda yangi sahifa ochdi, deya olaman. Bu mening ilk Osiyo chempionatim edi. Terma jamoani Jahon chempionatiga olib chiqish har bir murabbiyning orzusi bo‘lsa kerak. Xudo xohlasa, Jahon chempionatida bundan ham kuchli taraflarimizni ko‘rsata olamiz", - deydi Jamoliddin Rahmatullayev.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jamoliddin Rahmatullayev: "Jahon chempionatida bundan ham kuchli tomonlarimizni ko‘rsata olamiz"