18:07 / 01.07.2023
394

Eldor Shomurodov "Roma"ga qaytdi

Eldor Shomurodov "Roma"ga qaytdi

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Spetsiya"da o‘tkazgan "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov Rim klubiga qaytdi.

"Spetsiya" o‘zbekistonlik hujumchini shu yilning 30 yanvarida mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olgan edi. Forvardning bitimi kecha, aniqrog‘i 30 iyunda o‘z yakuniga yetdi. Klub mavsum so‘nggiga ko‘ra B Seriyaga tushib ketdi.

Shomurodov Spetsiya klubi safida barcha musobaqalarda jami 16ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining "Roma" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Klub hujumchini 2021 yilda "Jenoa"dan 18 mln yevro evaziga xarid qilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov "Roma"ga qaytdi
ePN