“Barselona” darvozaboni Inyaki Penya, himoyachilaridan Ronald Arauxo va Markos Alonso, yarim himoyachi Serxi Roberto La Liga rasmiy saytida klub tarkibidan chiqarib tashlandi.
Manbalarning ta’kidlashicha, bunga Kataloniya klubi ularning yangi shartnomalarini hali ro‘yxatdan o‘tkaza olmagani sabab bo‘lgan.
La Liga rahbariyati “Barselona”ning moliyaviy muammolari tufayli bir necha futbolchi bilan tuzgan shartnomasini rasmiylashtirish uchun qabul qilgani yo‘q.
Joan Laporta klubi tegishli muammo va kamchiliklarni bartaraf qilishi bilan bu futbolchilar tashkilot saytiga qayta kiritiladi. Hozircha, bu to‘rt futbolchi Ispaniya chempionatining yangi mavsumida “Barselona” sharafini himoya qila olmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar