"So‘g‘diyona" davralar oralig‘ida o‘z safiga legioner futbolchi qo‘shib oldi. Makedoniya terma jamoasi a’zosi Lyupche Doriyev Jizzax jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Doriyev 1995 yilda Makedoniyada tug‘ilgan.
Ma’lumot uchun, Lyupche faoliyati davomida "Horizont", "Pandev akademiyasi" , "Shkendiya" jamoalarida o‘ynagan. "Shkendiya" safida 25 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Yevropa ligasi saralash doirasida olti bahsda qatnashib, ikkita gol va shuncha assist amalga oshirgan. Shuningdek, Makedoniya terma jamoasi safida 7ta o‘yin o‘tkazgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar