22:45 / 04.07.2023
365

Manba: “Real” Mbappeni sotib oldi. Bu futbol tarixidagi eng katta transfer bo‘ldi!

Manba: “Real” Mbappeni sotib oldi. Bu futbol tarixidagi eng katta transfer bo‘ldi!

Taniqli jurnalistlar Xesus Karlos Martines va Fransua Gallardo “Real” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olgani haqida xabar tarqatdi.

Manbalarning ta’kidlashicha, oldi-sotdi masalasi to‘liq yopilgan. Madridliklar bu transfer uchun 224+56 million yevro shaklida pul to‘laydi. Bu jahon futboli tarixidagi eng katta transfer bo‘ladi.

Avvalroq, 6 yoki 7 iyul kuni “Real” Mbappe transferini rasman e’lon qilishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgan edi. Endi bu taxmin o‘z tasdig‘ini topishi kutilyapti.

Hozircha, futbol tarixida eng qimmat transfer egasi Neymar hisoblanadi. PSJ bu o‘yinchi uchun 2017 yili “Barselona”ga 222 million yevro to‘lagan edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Manba: “Real” Mbappeni sotib oldi. Bu futbol tarixidagi eng katta transfer bo‘ldi!