06:00 / 05.07.2023
162

Shomurodovning jamoadoshini ham Turkiyaga chaqirishyapti

Shomurodovning jamoadoshini ham Turkiyaga chaqirishyapti

Turkiya Superligasi vakillari Italiya chempionatini sinchkovlik bilan tomosha qiladigan ko‘rinadi. Keyingi paytda turk klublari A Seriyadan o‘yinchi transfer qilishga urinishi ko‘p uchramoqda.

Xususan, “Spetsiya”dagi ijara muddatidan yakunlab, “Roma”ga qaytgan Eldor Shomurodovga “Galatasaroy” og‘iz solayotgan edi.

Endi Turkiyaning boshqa nomdor jamoasi – “Fenerbahche” Shomurodov bilan birga “Spetsiya” sharafini himoya qilgan darvozabon Bartlomey Dragovskini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Polsha terma jamoasi darvozaboni quyi ligada o‘ynamoqchi emas. “Spetsiya” yuqori divizionni tark etganidan keyin Dragovski jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi.

Tajribali posbon oldida Angliya Premerligasidan ham taklif turibdi. “Nottingem Forest” uni transfer qilishga tayyor ekanini bildirgan.

Dragovskining “Spetsiya” bilan shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan. Futbolchining agenti barcha takliflarni o‘rganib chiqib, yakuniy qarorga kelishini bildirgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovning jamoadoshini ham Turkiyaga chaqirishyapti