Superliganing birinchi davrasidan keyin tanaffusga yo‘l olgan “qaldirg‘ochlar” uchun ta’til yakuniga yetdi. Futbolchilar bugun jamoaning yangi ustozi Aleksandr Krestinin qo‘l ostida ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Deyarli 10 kunlik tanaffusdan so‘ng mashg‘ulotga qaytgan futbolchilar yig‘inning dastlabki kunida yengil tarzda shug‘ullanishdi.
Ertaga asosiy tarkib va o‘rinbosarlar o‘rtasida nazorat o‘yini o‘tkaziladi. Murabbiylar shtabi bu uchrashuv orqali o‘rinbosarlar safidagi iqtidorli yoshlarni ko‘zdan kechirishni va mashg‘ulotlarga jalb qilishni maqsad qilgan.
Bosh jamoaning mashg‘ulotlari 10 iyuldan kuchaytirilgan tartibda davom ettiriladi. Superliganing ikkinchi davrasi startiga qadar nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
"Bunyodkor" matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring