19:53 / 21.07.2023
312

"Paxtakor" nemis klubi tarbiyalanuvchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

"Paxtakor" nemis klubi tarbiyalanuvchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

Kimi Merk "Paxtakor" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Qirg‘iziston U-23 terma jamoasi futbolchisi Kimi Merk jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Hujumkor yarim himoyachi Germaniyaning "Kayzerslautern" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. 19 yoshli futbolchi endi faoliyatini jamoamizda davom ettiradi.

Umid qilamizki, Kimi "Paxtakor" bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritadi. "Sherlar" safiga xush kelibsan!", - deyiladi xabarda.

O‘z navbatida Kimi ham "Paxtakor"ga o‘tishi xususida shunday fikr bildirdi:

  • "Paxtakor" safiga o‘tganimdan juda xursandman. Birinchi professional shartnomamni imzoladim, ajoyib kun. Jamoaga ko‘p sovrinlarni yutishga yordam berishni istayman. Eng yaxshi jihatlarimni ishga solishga harakat qilaman.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" nemis klubi tarbiyalanuvchisini o‘z safiga qo‘shib oldi