Foto: “Kalyari”
O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov faoliyatini “Kalyari”da davom ettiradi.
Rimning “Roma” klubi Shomurodovning ijara asosida A Seriya jamoasiga o‘tganini tasdiqladi. “Kalyari” Eldorni sotib olish huquqiga ham ega bo‘ladi.
Shomurodov 2021 yilda “Jenoa”dan “Roma”ga o‘tgan edi. O‘tgan mavsumning ikkinchi qismini “Spetsiya” tarkibida ijarada o‘tkazdi va A Seriyaning 16 o‘yinida bitta golga mualliflik qilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar