date
views 325

Eldor Shomurodov: "Eron yutsa bo‘ladigan jamoa"

Eldor Shomurodov: "Eron yutsa bo‘ladigan jamoa"

Xabaringiz bor, kecha Osiyo qit’asida JCH-2026 saralash bahslariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Eron, Turkmaniston jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Yana bir raqibimiz Gonkong va Butan o‘rtasidagi o‘yinlardan so‘ng aniqlanadi.

Biz terma jamoamiz sardori va "Kalyari" klubi a’zosi Eldor Shomurodov bilan bog‘landik va guruh haqida so‘radik.

"Qur’adan xabarim bor. Eron va Turkmaniston bilan o‘ynashimiz aniq. So‘nggi raqib Gonkong yoki Butan bo‘ladi. Nima deyish mumkin, guruhda birinchi o‘rinni olish uchun o‘ynaymiz. Eron asosiy raqibimiz, ular bilan yaqindagina CAFA musobaqasida o‘ynadik. Eron yutsa bo‘ladigan jamoa. Maqsadimiz guruhda birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqish", - dedi Eldor Shomurodov championat.asia saytiga.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichda har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga chiqadi. O‘zbekiston terma jamoasi saralash bahslarini 16 noyabr kuni safarda Turkmanistonga qarshi bahs bilan boshlaydi. 21 noyabr kuni Toshkentga Eron terma jamoasi keladi.

Narzulla Saydullayev yozib oldi

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov: "Eron yutsa bo‘ladigan jamoa"