Tojikistonda bo‘lib o‘tayotgan "CAFA Futsal Cup 2023" turnirining 4-turidan o‘rin olgan Eron - O‘zbekiston o‘yini yakunlandi. Uchrashuv forslarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gollarga Ali Halilvand (dubl), Ali Akrami, Akbar Usmonov va Amir Husaynlar mualliflik qildi.
Shu tariqa, Bahodir Ahmedov shogirdlari sharmandali mag‘lubiyatga uchradi.
"CAFA Futsal Cup 2023"
28.07.2023
"Dushanbe" yopiq sport majmuasi
Eron - O‘zbekiston 5:0
Gollar: Ali Halilvand 2, Ali Akrami 4, A.Usmonov (avtogol) 8, Amir Husayn 33, Ali Xalivand 35
O‘zbekiston: 1.Ravshan Eliboyev, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 10.Davron Choriyev.
Zaxira: 12.Abbos Elmurodov, 3.Mashrab Adilov, 2.Xushnur Erkinov, 5.Sunnatilla Jo‘rayev, 11.Akbar Usmonov, 14.Jamshid Rahmatullayev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Avazbek Abduvaliyev, 13.Abdulla Solihov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!