“Roma” muxlislari Shomurodov ketganini qanday qabul qildi?

“Roma” muxlislari Shomurodov ketganini qanday qabul qildi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning ijara asosida “Roma”dan “Kalyari”ga ko‘chib o‘tgani rasman e’lon qilindi.

Endi o‘zbek hujumchisi bir mavsum Klaudio Ranyeri qo‘l ostida to‘p tepadi. Agar hamkorlik samarali chiqsa, sardiniyaliklar legionerimizni yana 9 million yevro to‘lab, to‘liq transfer qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Shomurodovning boshqa klubga o‘tgani rasman e’lon qilinganidan keyin “Roma” muxlislari transfer bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Sports.uz sayti e’tiboringizga futbol ishqibozlarining munosabatlarini havola etadi.

Il Lupo Romolo:

Shomurodovning ketishi, Janluka Skamakkaning kelishiga eshik ochadi.

Maarcvaal:

Eldorni o‘ynatmay olib o‘tirgandan boshqa jamoaga berganimiz yaxshi bo‘ldi.

Nettunese Doc:

Shomurodov Rimda qolgani yaxshi edi. Biroq, unga imkoniyat berayotgani uchun janob Ranyeriga rahmat aytamiz.

JulianB:

Agar u ko‘p gol ursa, “Kalyari” transferni to‘liq sotib oladi.

Leodibrescia:

Eldorga omad tilaylik.

Myrme:

Yangi jamoasida balki bizga ham gol urar.

Mirco:

Shomurodovning ketgani yaxshi bo‘ldi, qolganida ahvoli o‘nglanmas edi. Endi Klaudio Ranyeri uning yangi qirralarini ochishini kutamiz.

Blouson Noir:

Balli Eldor, senga omad tilayman.

Golia89:

Ajoyib ish bo‘ldi. Agar murabbiy Shomurodovni maydonda o‘ziga mos joyda o‘ynatsa, o‘yini yana ochilib ketadi.

Carlo:

Agar Eldorni o‘zining pozitsiyada o‘ynatsa, u gol ura oladi. Uning o‘yin uslubi Kvalyarellaga o‘xshaydi. Unga jamoadoshlari imkoniyat yaratib berishi kerak. Biroq, hamma murabbiy ham hozir bu usuldan foydalanmaydi.

Pietro Parchi:

Eldorga salomlar. Umid qilamanki, sen yangi jamoada ko‘p gol urib, yana mavqeingni tiklab olasan.

Ddrmaancheno:

Eng muhim jihati shuki, Shomurodov 4-4-2 sxemasida o‘ynaydigan “Kalyari”ga o‘tdi. Bu usul o‘zbek futbolchisining o‘yin xarakteristikasiga juda mos tushadi. Qolaversa, hujum chizig‘ida Eldor bilan raqobatlashishi mumkin bo‘lgan Lapadula va Pavoletti bor xolos. Ularning ikkisi ham yoshi o‘tib qolgan. Kelasi mavsum Eldor o‘zini ko‘rsata olishiga ishonamiz.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar