17:53 / 29.07.2023
266

Jambuli Jigauri: "Ajoyib atmosfera bo‘ldi, lekin..."

Jambuli Jigauri: "Ajoyib atmosfera bo‘ldi, lekin..."

Andijondagi “Bobur Arena”da bo‘lib o‘tgan “Andijon” – “Nasaf” o‘yinidan so‘ng (0:0), qarshiliklarning gruziyalik legioneri Jambuli Jigaurini fikrlari bilan qiziqdik.

O‘yin xaqida

- Qizqarli va kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi, raqibimizga qaraganda bizda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Albatta ulardan foydalanishimiz kerak edi. Men o‘ylaymanki, bugun biz g‘alabaga loyiq edik va buni juda xoxladik. Ko‘rinib turibdiki, “Andijon” ham ochko olishga astoydil xarakat qildi.

To‘g‘risini aytsam, menga ko‘rsatilgan qizil kartochaga tushunmadim. Hakam o‘sha vaziyat uchun bunday tarzda jazolamasligi kerak edi. Men ortiqcha xech qanday xarakat qilmagandim.

Ajoyib atmosfera bo‘ldi, lekin...

- Andijonda birinchi bor bo‘lishim, stadiondagi muhit, muxlislar juda ajoyib tarzda o‘z jamoasini qo‘llab-quvvatlab turdi. Bunday stadion va muxlislar qarshisida to‘p tepishning o‘ziga yarasha gashti bor. Lekin, maydonning holati yaxshi emas ekan. Barchasi yaxshi bo‘lib ketishiga ishonaman.

O‘zbekiston chempionati xaqida tasavvurim bor edi

- Bilasizmi, yurtingizga kelishimdan oldin, milliy chempionatingiz haqida tasavvurga ega edim. Boisi bu yerda meni ko‘plab do‘stlarim to‘p tepishgan. Ular bilan maslahatlashdim, bir qator o‘yinlarni ko‘rib chiqdik va yakunda chempionatingizda to‘p surishga qaror qildim. O‘ylaymanki, barchasi yaxshi bo‘ladi va biz “Nasaf” bilan xalqaro maydonlarda yaxshi natijalarga erishamiz.

Xayrullo VASIYEV suxbatlashdi


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jambuli Jigauri: "Ajoyib atmosfera bo‘ldi, lekin..."
ePN