18:17 / 30.07.2023
189

Djastin Geydji: "Konor bilan jang qilish uchun g‘alaba qozonish emas, mag‘lubiyatga uchrash kerak!"

Djastin Geydji: "Konor bilan jang qilish uchun g‘alaba qozonish emas, mag‘lubiyatga uchrash kerak!"

Endilikda, BMF kamari sohibi amerikalik Djastin Geydji (25-4) UFC 291 turniridan so‘ng tashkil etilgan press-konferensiyada irlandiyalik ikki vaznda sobiq chempion Konor MakGregor (22-6) bilan jang u uchun qiziq emasligini ma’lum qildi.

- Jurnalist: "G‘alaba qozonishingiz bilan Konor quyidagicha tvit yozibdi: "Chendlerni jin ursin! Jang qilishni xohlasang, men bilan jang qil. Men haqiqiy BMF'man!""

- Djastin Geydji: "Men bilan 6 marta jangdan bosh tortgan jangchimi?! To‘g‘ri tushuning, u bilan jang qilishim uchun bugun mag‘lub bo‘lishim kerak edi, g‘olib emas!"

- Jurnalist: "Konor kabi jangchi sizning ismingizni tilga olishi qay darajada yoqimli hissiyot?"

- Djastin Geydji: "Bilmayman. Lekin, menga nima qiziqligi barchaga ma’lum!"

- Jurnalist: "Nimalar ma’lum?"

- Djastin Geydji: "Menga katta janglar qiziq. Bu jang eshitilishi zo‘rdir. Ammo, menga steroid iste’mol qilib yurgan jangchi qiziqmas. Umrimda steroiddan ozgina ham qabul qilmaganman va qilmayman ham. Balkim, faoliyatim yakunlanganidan keyin sport formamni ushlab turish uchun iste’mol qilarman. Lekin, aslo janglarda g‘irromlik va chiterlik qilish uchun buni amalga oshirmayman. Shuningdek, g‘irrom jangchilar bilan ham jang menga qiziqmas!"

- Jurnalist: "Kamaru Usmanning sizning g‘alabangizga nisbatan reaksiyasini ko‘rdingizmi?"

- Djastin Geydji: "Hozircha yo‘q, ammo, otamni ko‘z yosh to‘kkanini kuzatdim. Menimcha, otam oxirgi marta tug‘ilganimda yig‘lagan bo‘lsa kerak!"

- Jurnalist: "Agar sizga pullik translyatsiyadan ulush beramiz deyishsa, BMF kamarini himoya qilish uchun jangga chiqasizmi?"

- Djastin Geydji: "Bu turnirda ham ulush berishadi o‘zi menga!"


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Djastin Geydji: "Konor bilan jang qilish uchun g‘alaba qozonish emas, mag‘lubiyatga uchrash kerak!"