23:48 / 30.07.2023
155

Aleksandr Krestinin: "Tairaga moslashish uchun vaqt kerak"

Aleksandr Krestinin: "Tairaga moslashish uchun vaqt kerak"

Coca Cola Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Albatta, natijadan qoniqmadik. Ikki xil taym o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadik, ammo imkoniyatlardan foydalana olmadik. Kerak bo'lmagan joylarda gol o'tkazdik. Oldinda ancha ish turibdi. Jamoada o'zgarishlar bo'ldi, yigitlar moslashishlari kerak.

- Birinchi rasmiy o'yiningiz. Nimalar o'xshadi, nimalardan ko'nglingiz to'lmadi?

- Ikkinchi taymda yaxshiroq o'ynadik, ammo imkoniyatlardan foydalanishni uddalay olmadik.

- Jamoaning ichki muhiti haqida nimalar deya olasiz?

- Hech qanday muammo yo'q. Hammasi yaxshi. Yigitlar ham hafa bo'lishdi. Ular bundan ko'prog'iga qodir ekanliklariga amin edilar.

- Jamoaga yangi kelgan legionerlarning o'yiniga qanday baho berasiz? Aynan braziliyalik legionar tufayli raqib ikkinchi golni urib ketdi...

- O'sha vaziyatda ayb braziliyalik futbolchida emas edi, savolni boshqa futbolchiga berish kerak. Yana ko'ramiz o'sha vaziyatni. Hozir 100% aniq ayta olmayman. Tairaga moslashish uchun vaqt kerak. O'zbekistonga birinchi kelgan inson bu erga moslashib olishi kerak. Biz bu narsani tushunamiz.

- Taira bilan shartnoma imzolanganligi u chap qanotdagi birinchi raqamli himoyachiga aylanganini anglatadimi?

- Yo'q, unday emas. Bizda asosiy, zaxira o'yinchilari yo'q. Bu narsani biz o'yindan oldin aniqlaymiz.

- Bu savol berilishiga sabab, tarkibda Mahamadjonov ham bor edi. U eng iqtidorli yosh o'yinchilardan biri hisoblanadi...

- Ha, u eng yaxshilardan biri bo'lgandi. Biroq, kecha shunday edi. Biz esa bugungi kun bilan ish ko'ramiz. U hali ham eng yaxshi ekanligini isbotlashi kerak. Men futbolchining pasportiga umuman qaramayman. Taira bilan raqobat unga juda foydali bo'ladi. Agar u bu kurashni yutib chiqsa, biz O'zbekiston terma jamoasi uchun ajoyib himoyachi tarbiyalagan bo'lamiz. Xullas, bizda sog'lom raqobat.

- Ikkinchi davrada "Bunyodkor" oldida qanday vazifa qo'yilgan?

- Har bir o'yinda g'alaba qozonish. Hozirda jamoamiz to'qqizta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Bu juda ko'p ishlar qilinishi kerakligini anglatadi. Psixologik va o'yinni tashkil qilish jihatdan muammolar bor. Oxirida ko'ramiz. Hozir esa faqat g'alaba qozonish uchun harakat qilamiz.

- "Bunyodkor"ning bir nechta futbolchisi "So'g'diyona"ga ijara asosida o'tishdi. Ularni ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun ijaraga rozi bo'ldingizmi?

- Ha, bizda raqobat ancha kuchli. Yosh futbolchilarga esa ko'proq o'yin amaliyoti kerak. "So'g'diyona"da ular o'sishga erishadi degan umiddaman.

- Transferlar oynasi yopilishiga qadar jamoa yana transfer amalga oshiradimi?

- Yo'q, barcha futbolchilarni o'z safimizga qo'shib oldik va jamoani yig'ish jarayoni yakunlandi. Endi faqat o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak.

- Transferlar oynasida amalga oshirmoqchi bo'lgan barcha transferlar o'xshadimi?

- Yo'q. To'g'risini aytsam, men ko'proq mashg'ulotlarga ishonaman, transferlarga emas.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Krestinin: "Tairaga moslashish uchun vaqt kerak"