22:16 / 01.08.2023
474

O‘zbekiston kubogi. "Dinamo" sensatsion tarzda "Paxtakor"ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

O‘zbekiston kubogi. "Dinamo" sensatsion tarzda "Paxtakor"ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Paxtakor" o‘yini bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 3:2 hisobida samarqandliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, "Dinamo" vakili Fransis Narx 5-daqiqada jarima maydoni chizig‘i ustida to‘pni qabul qilib, ajoyib zarbasi bilan hisobni ochdi. Oradan yetti daqiqa o‘tib Abubakr Mo‘ydinov uzoq masofadan super zarba yo‘llab, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 28-daqiqada esa Joel Kojo birga-bir vaziyatni gol bilan yakunlab, hisobni 3:0 ko‘rinishag olib keldi. Birinchi bo‘lim shu tariqa yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim boshidayoq "sherlar" ustozi Maksim Shatsskix maydonga Dragan Cheran, Doston Hamdamov, Aziz Turg‘unboyev va Hojiakbar Alijonovlarni tushirdi. 59 daqiqada Cheran gol urib oradagi farqni qichqartirgan bo‘lsa, 82-daqiqada yana bir bor "Dinamo"  darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa, Vadim Abramov shogirdlari O‘zbekiston kubogining chorak finalga yo‘l oldi. "Paxtakor" esa yurishini mana shu bosqichda yakunladi.

DINAMO — PAXTAKOR 3:2

Gol: Fransis Narx 5, 1:0, Abubakr Mo‘ydinov 13, 2:0, Joel Kojo, 28 3:0, Dragan Cheran 63, Dragan Cheran 81, 3:2

"Dinamo": 25. Ravshanbek Yagudin, 7. Fransis Narx, 10. Joel Kojo, 11. Yudai Koike, 15. Derrik Mensa, 17. Salim Mustafoyev, 18. Dilshod Rahmatullayev, 22.  Mirg‘iyos Sulaymonov, 30. Abubakr Mo‘ydinov, 44. Dushan Miyich, 70. Xurshidbek Ubaydullayev.

"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 77. Dilshod Saitov, 30. Metyu Stinvorden, 4. Doston Tursunov, 34. Farruh Sayfiyev, 7. Odil Hamrobekov, 27. Sardor Sobirxo‘jayev, 20. Xojimat Erkinov (8. Aziz Turg‘unboyev, 45) 28. Diyor Holmatov, 9. Mihail Kuxarchik, 19. Pshemislav Banashak.

Zaxira: 36. Pavel Pavlyuchenko, 2. Behruzbek Asqarov, 3. Xojiakbar Alijonov, 8. Aziz Turg‘unboyev, 10. Dragan Cheran, 11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 17. Doston Hamdamov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 88. Shahzod Azmiddinov.

Ogohlantirish: Mirg‘iyos Sulaymonov ("Dinamo") 23, Odil Hamrobekov ("Paxtakor") 45


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston kubogi. "Dinamo" sensatsion tarzda "Paxtakor"ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi