07:30 / 02.08.2023
175

Ulug‘bek Baqoyev: "Kuchli jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatgan o‘z futbolchilarimga o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman"

Ulug‘bek Baqoyev: "Kuchli jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatgan o‘z futbolchilarimga o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman"

O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Buxoro" (4:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi:

"Guvohi bo‘lganingizdek, bugun qiziqarli o‘yin bo‘lib o‘tdi. “Nasaf” amaldagi kubok sohibi va yuqori maqsadlarga ega bo‘lgan jamoa. Qanotlardan yaxshi harakatlanadi va shu tufayli bugun bosh bilan 4ta gol o‘tkazib yubordik. Muxlislarga bugungi bellashuv yoqdi deb o‘ylayman. Kuchli jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatgan o‘z futbolchilarimga o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman. “Nasaf” jamoasini keyingi bosqich yo‘llanmasi bilan tabriklayman".

- “Buxoro” jamosining maqsadlari qanday?

"Jamoamiz kubokda uzoqroqqa borishni maqsad qilgan edi, endi bor e’tiborimizni ligadagi o‘rnimizni saqlab qolishga harakat qilamiz".

- Ikkinchi davra oldidan bir qator yangi futbolchilar jamoaga jalb qilindi, umuman olganda o‘zingiz istagan barcha futbolchilarni olib keldingizmi?

"Yo‘q. Imkon qadar foydalandik. 70% o‘zim istagan yigitlarni olib keldim. Bu borada reglament ham bor edi. Asosan U-20 o‘yinchilarini jalb etdik. Yoshlarga o‘zini ko‘rsatishi uchun imkoniyat beramiz. Nasaf klubidan ham 2 nafar yosh o‘yinchilar taklif etildi".

- Turon bilan o‘yindagi Buxorodan bugun butunlay boshqa jamoani ko‘rdik. O‘tgan turdagi o‘yindan qanday xulosalar olindi?

"Buxorodagi o‘yinda biz 15-daqiqadan boshlab 1 kishi kam bo‘lib harakatlandik. Avvalgi uchrashuvda ham oxirgi daqiqalarda to‘p o‘tkazib yubordik va bugun ham. Jamoamizda konsentratsiya yetishmayapti, bu borada ham ishlar olib boramiz".

"Buxoro" klubi matbuot xizmati


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Kuchli jamoaga munosib qarshilik ko‘rsatgan o‘z futbolchilarimga o‘yin uchun minnatdorchilik bildiraman"