20:15 / 02.08.2023
131

O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichiga 5 avgust kuni qur’a tashlanadi

O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichiga 5 avgust kuni qur’a tashlanadi

Bugun O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan joy olgan beshinchi uchrashuv g‘olibi ham aniqlanadi. Oldinda bizni yana 3 ta bellashuv kutib turibdi.

Shunga qaramay, Liga chorak final uchun 5 avgust kuni qur’a tashlaydi. Bu haqda O‘zPFL matbuot xizmati xabar berdi.

Shu kuni Superliga 15-turidan joy olgan uch bellashuv bo‘lib o‘tadi va ular bir vaqtda, ya’ni 20:00 da start oladi. Mazkur bellashuvlarning tanaffusi vaqtida chorak final qur’asi “Sport” telekanalida jonli namoyish etiladi.

Reglamentga ko‘ra, chorak final ishtirokchilari qur’a oldidan teng huquqli bo‘lib, bunda ular hech qanday savatlarga ajratilmaydi. Biroq chorak finalni safarda o‘tkazib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kamida ikki jamoada yarim finalni o‘z maydonida qabul qilish imkoniyati bo‘lishi mumkin.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston kubogi chorak final bosqichiga 5 avgust kuni qur’a tashlanadi