16:13 / 03.08.2023
152

MMA bo‘yicha jahon chempionati: Dastlabki kun o‘zbekistonliklar 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

MMA bo‘yicha jahon chempionati: Dastlabki kun o‘zbekistonliklar 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

BAAning Abu-Dabi shahrida IMMAF doirasida aralash jang san’atlari bo‘yicha o‘smir va yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi.

Chempionatning dastlabki kuni 12-13 yosh toifasida bahslar bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi ushbu yosh toifasida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, Hurshidbek Koirov(Buxoro) 40 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, chempionlik bilan birga oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 34 kg vazn toifasida Muhammadsafo Xodjamiyorov (Andijon) kumush, 37 kgda Muhammadaziz Shukurjonov(Andijon) bronza, 62 kgda Sardorbek Valiyev (Jizzax) bronza medaliga ega chiqishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi 46 ta davlatdan 638 ta sportchi ishtirok etayotgan jahon chempionatining dastlabki kunidan so‘ng, 4 ta medal bilan 6 - pog‘onani band etib turibdi. Bugun, 14-15 yosh toifasidagilar o‘zi yurishlarini boshlaydi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MMA bo‘yicha jahon chempionati: Dastlabki kun o‘zbekistonliklar 4 ta medalni qo‘lga kiritdi