Nodirbek Abdusattorov turkiyalik raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi, deya xabar berdi FIDE.
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tayotgan jahon chempionatining 2-turi yakunlandi. Aytilishicha, birinchi uchrashuvda g‘alaba qozongan favoritlar orasida ikkinchi o‘yinda juda ko‘p durang qayd etildi.
Birinchi o‘yinda Vahap Sanal bilan durang o‘ynagach, Abdusattorov (2725) ikkinchi o‘yinda oq donalar bilan mag‘lub bo‘ldi.
FIDE yozishicha, kunning eng katta "syurprizi" tezkor shaxmat bo‘yicha 2021 yilgi jahon chempionati g‘olibi Nodirbek Abdusattorovning nokautga uchragani bo‘ldi.
Shunday qilib, Nodirbek Abdusattorov musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Shuningdek, FIDE supergrossmeyster va ozarbayjonlik yulduz Shahriyar Mamedyarov singapurlik raqibiga imkoniyatni boy berib, keyingi bosqichga chiqa olmaganiga ham ajablandi.
Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjonda jahon kubogi o‘tkazilmoqda. Kecha musobaqaning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 30 iyul-24 avgust kunlari davomida bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha jahon kubogi umumiy sovrin jamg‘armasi 1,8 mln dollar.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!