“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino va sport direktori Tyagu Pinto “Kalyari”ga transfer qilingan Eldor Shomurodov o‘rnini to‘ldirish, tajribali hujumchi qidirmoqda.
Aslida portugaliyalik mutaxassislar bu joyga “Vest Xem”da o‘ynayotgan italiyalik hujumchi Janluka Skamakkani olib kelmoqchi edi. Biroq, Angliya klubi 24 yoshli forvardni rimliklar so‘raganidek, ijaraga berishni istamadi.
Keyinchalik, Skamakka “Roma”ga borish fikridan qaytdi va Italiyaning boshqa grand klublari bilan muzokara boshlaydi. Ayni paytda, “Vest Xem” va “Atalanta” Skamakka transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda.
Taniqli insayder Nikola Skiraga ko‘ra, bergamoliklar italiyalik hujumchini A Seriyaga qaytarish uchun Angliya klubiga 30 million yevro badal puli to‘laydi.
Bundan tashqari, Janlukaning o‘zi bilan 2028 yilgacha davom etadigan shartnoma tuziladi va futbolchi bonuslarni hisobga olmagan holatda har mavsum uchun 3 million yevrodan maosh oladi. Bu summa Skamakkani “Atalanta” tarixidagi eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylantirishi alohida ta’kidlamoqda.
Qizig‘i shundaki, Janluka Skamakka 2020-2021 yilgi mavsumda “Jenoa” safida Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynagan. Ular birgalikda juda yaxshi tandem tashkil etgani italiyalik ekspertlar tomonidan alohida e’tirof etilgan edi.
“Vest Xem” va “Atalanta”ning o‘zaro kelishuvi “Roma”ning Janluka Skamakka bo‘yicha rejalarini puchga chiqardi. Mourino e’tiborini Angliya futbolida tajriba to‘plagan boshqa forvard – Vaut Vegxorstga qaratdi.
31 yoshli jisomnan baquvvat hujumchi Niderlandiya futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘z yurtida “Emmen”, “Xerakles” va “AZ Alkmaar” jamoalarida o‘ynagan futbolchi 2018 yili Bundesliga vakili “Volfsburg”ga ko‘chib o‘tgandi.
Germaniyadagi muvaffaqiyatli faoliyatidan keyin uni Angliya Premer-ligasi vakili “Byornli” transfer qildi.
Vuxgorst yangi jamoaning asosiy tarkibiga kira olmadi. Natijada ikki mavsumni avval “Beshiktosh”dan keyin “Manchester Yunayted”da ijarada o‘tkazdi. O‘tgan mavsum niderlandiyalik futbolchi manchesterlik safida Premer-ligada 17 marotaba maydonga tushib, birorta gol urolmaganidan keyin Erik ten Xag o‘z hamyurtining transferini to‘liq sotib olishdan bosh tortdi.
Natijada “Byornli”ga qaytib borgan Vaut o‘ziga yangi jamoa topishi talab etilyapti. Premer-liga klubi kelasi mavsum ham uning xizmatidan foydalanmoqchi emas.
Transfer ekspertlarining aytishicha, “Roma”ning Vegxorstni bir mavsumga ijaraga olish taklifi niderlandiyalik forvard uchun yangi imkoniyat bo‘lishi ketilyapti. Chunki “Roma” yangi mavsumda A Seriya, Italiya kubogi hamda Yevropa Ligasida o‘ynaydi. Mourino jamoasida hujumchi yetishmovchiligi bor.
Shu bois, rimliklar “Kalyari”ga o‘tib ketgan Eldor Shomurodovning o‘rniga aynan Vaut Vuxgorstni olib kelishni eng ma’qul variant sifatida ko‘rmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!