Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "So‘g‘diyona" bahsi o‘z nihoyasiga yetdi. Uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Bellashuvning 8-daqiqasidayoq mehmonlar penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu imkoniyatni Javohir Qahramonov golga aylantirib hisobni ochdi. 23-daqiqada esa Temur Mamasidiqov himoyachining xatosidan foydalanib, Milan Mitrovich darvozasini ishg‘ol qildi.
Oradan besh daqiqa o‘tib mezbonlar hisobda oldinga chiqib oldi. Jasur Jaloliddinov penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Birinchi taym so‘ngida standartdan qaytgan to‘pni Zenan Zaymovich darvozaga aniq yo‘llab, muvozanatni tikladi.
Bellashuvning 76-daqiqasida "Jar" stadionida chiroqlar o‘chib qoldi. Shu sabab ikkinchi taymga naqd 15 daqiqa qo‘shib berldi. 90+5 daqiqada Samandar Mavlonqulov raqib himoyachilarining xatosidan foydalanib gol urib ketdi. Bu hammasi emas edi. Kopadze shogirdlari qayta oldi. Asadbek Jo‘raboyev ham gol urib ketdi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishdi.
Superliga-2023, 15-tur
"Olimpik" - "So‘g‘diyona" 3:3
Gol: 8 - Javohir Qahramonov, 23 - Timur Mamasidiqov (Jasurbek Jaloliddinov), 29 - Jasur Jaloliddinov, 45 - Zenan Zaymovich, 90+7 - Asadbek Jo‘raboyev (Nodir Abdixoliqov)
"Olimpik": 13.Hamidullo Abdunabiyev, 4.Odilbek Abdumajidov, 5.Javohir Otamurodov ( 44.Asadbek Rahimjonov, 15), 7.Ibrohim Ibragimov ( 8.Nodir Abdixoliqov, 90+5), 9.Shahzod Akramov (11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev,46), 14.Eldor Begimov, 17.Temur Mamasidiqov ( 81.Asad Jo‘raboyev,68 ), 21.Saidafzalxon Axrorov, 23.Abdurauf Bo‘riyev (10.Farruh Muxtorov, 90+5), 30.Jasurbek Jaloliddinov, 37.Alisher Odilov.
Zaxira: 1.Shukron Yuldashev,18.Sardor Mahmudov, 29.Aleksandr Zevadinov,77.Sherzod Esanov.
"So‘g‘diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Abdulloh Omonaliyev (18.Mirjalol Abdumutalov, 72), 6.Alisher Salimov, 7.Muhammad Safo Fozilov, 9.Zenan Zaymovich (88.Samandarjon Mavlonqulov,72), 10.Javohir Qahramonov, 14., 15.Tariq Isich, 22.Sanjar Shoahmedov (80.Samandar Sindarov,60), 28.Stanislav Andreyev ( 32.Nodirjon Soyibov,60), 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 2.Jasurbek Yoqubov, 4.Elyor Orifov, 12.Hislat halilov, 90.Ulug‘bek Kenjayev.
Ogohlantirish: 10 - Ibrohim Ibragimov, 27 - Stanislav Andreyev, 45+4 - Shahzod Akramov, 47 - Javohir Qahramonov, 53 - Alisher Salimov, 69 - Jasur Jaloliddinov.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!