date
views 106

Superliga. "So‘g‘diyona" Farg‘onada "Neftchi" bilan durang o‘ynadi

Superliga. "So‘g‘diyona" Farg‘onada "Neftchi" bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston Superligasi 16-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "So‘g‘diyona" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Mezbonlar gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Mehmonlar esa asosan qarshi hujumlardan omadini sinab ko‘rdi. Ammo o‘yinda hisob ochish ikki jamoaga ham nasib etmadi.

Ahamiyatlisi, "yo‘lbarslar" so‘nggi 3 turda faqat g‘alaba qozonib kelayotgan edi. Oxirgi marta jamoa 25 iyun kuni "Navbahor" bilan durang o‘ynab, ochko yo‘qotgandi. Shundan so‘ng Levchenko shogirdlari "Nasaf", "Metallurg" va "Paxtakor"ni yengishga muvaffaq bo‘lgandi.

Shu tariqa, "Neftchi" 32 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. 20 ochkosi bor "bo‘rilar" 8-pog‘onadan joy egallagan.

"Neftchi" – "So‘g‘diyona" 0:0 

"Neftchi": 12.Vladimir Nazarov, 2.Zoir Jo‘raboyev, 7.Umar Adhamzoda, 8.Sharof Muhitdinov, 13.Lutfulla To‘rayev (70.Abbosjon G‘ulomov, 64), 19.Mirzohid G‘ofurov (23.Diyorjon Turopov, 64), 21.Muhsinjon Ubaydullayev (5.Tomislav Mrchela, 82), 22.Giorgi Nikabadze (11.Izzatilla Abdullayev, 82), 24.G‘ulom Haydar Gulyamov, 26.Oleysey Larin, 40.Bachana Arabuli (9.Ulug‘bek Hoshimov, 55).

Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 3.Nodirxon Ne’matxonov, 28.Fozil Musayev, 77.Biloljon Toshmirzayev.

"So‘g‘diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Abdulloh Omonaliyev, 6.Alisher Salimov, 7.Muhammadsafo Fozilov, 9.Zenan Zaymovich (88.Samandarjon Mavlonqulov, 72), 10.Javohir Qahramonov, 14.Lyupcho Doriyev ( 2.Jasurbek Yoqubov, 86), 15.Tarik Isich, 18.Mirjalol Abdumutalov (32.Nodirjon Soyibov, 60), 80.Samandar Sindarov (90.Ulug‘bek Kenjayev, 60), 93.Marko Kolakovich.

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullayev, 4.Elyor Orifov, 20.Amirbek Fayziyev, 21.Shohruhjon Muxsinov, 22.Sanjar Shoahmedov.

Ogohlantirishlar: Zenan Zaymovich (28), Giorgi Nikabadze (32), Javohir Qahramonov (38), Ulug‘bek Hoshimov (69), Ulug‘bek Kenjayev (72), Milan Mitrovich (86), Izzatilla Abdullayev (90+3).

Chetlatish: Izzatilla Abdullayev (90+7).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "So‘g‘diyona" Farg‘onada "Neftchi" bilan durang o‘ynadi