date
views 151

Mirjalol Qosimov: "So‘nggi 15 daqiqalikda natija uchun o‘ynadik"

Mirjalol Qosimov: "So‘nggi 15 daqiqalikda natija uchun o‘ynadik"

Coca Cola Superligasi 16-turi doirasida "Olimpik" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.

- Oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Eng asosiysi - natijaga erishdik. Qolaversa, tezkor, qarshi hujumlarga boy qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Albatta, "Olimpik"ka qarshi o‘ynash oson emas. Tarkibda yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Jamoa bizga yaxshi qiyinchiliklar tug‘dirishdi, ayniqsa, ikkinchi bo‘lim oxirlarida. Biz ham so‘nggi 15 daqiqalikda natija uchun o‘ynadik. Chunki "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqada gol o‘tkazib yuborib, g‘alabadan mahrum bo‘lgandik. Klub rahbariyatiga rahmat aytmoqchiman. Ular bizga neytral maydonni taqdim qilib, o‘z maydonimizni chiroyli chim bilan, yaxshi yoritkichlar bilan ta’minlab berishdi. Shu sababli ularga minnatdorlik bildirmoqchiman. Bunday maydonda biz bundan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Shu orqali biz o‘z muxlislarimizni xursand qilamiz.

- Tarkibda Akramjon Komilov hamda Vitaliy Denisov kabi chap qanot himoyachilari turganda Shohruh Gadoyev ushbu nuqtada o‘ynadi.

- Bunday ishni qilishni o‘tgan yili boshlaganmiz. U himoyadan tezda hujumga o‘ta oladi. Kutilmagan vaziyatlar yaratishga qodir. Shu sababli Gadoyevni himoyada o‘yinga tushirdim. Komilov operatsiya qilingan. Shu sababli uning tiklanishi uchun vaqt kerak. Endi qo‘l ostimizdagi futbolchilardan foydalanishga majburmiz.

- Siavash Haqnazariyning maydonga tushirilmagani sababi rotatsiyami yoki uning jarohati bormi?

- Kichik jarohati bor. Uning kattalashmasligi uchun qaydnomada bo‘lsa-da, uni maydonga tushirmadik. Hali oldimizda o‘yinlar ko‘p. Agarda bu so‘nggi o‘yin bo‘lganida ham boshqa gap bo‘lardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "So‘nggi 15 daqiqalikda natija uchun o‘ynadik"