date

Messining otasi Abramovichning Eclipse nomli yaxtasida muzokara o‘tkazdi

Messining otasi Abramovichning Eclipse nomli yaxtasida muzokara o‘tkazdi

"Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messining otasi Londonning "Chelsi" klubi xo‘jayini Roman Abramovichning yaxtasida sayohat qildi va muzokaralar olib bordi. Bu haqida "Fut.uz" xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Xorxe Messi va Roman Abramovichlar rossiyalik tadbirkorning Eclipse nomli yaxtasida Lionel Messining kelajagi haqida gaplashib olishgan.

Gap shundaki, Messining Ispaniyadagi sud bilan bog‘liq ishlaridan "Chelsi" foydalanib qoladigan ko‘rinadi va uni London klubiga taklif qilmoqda.

"Chelsi" argentinalik futbolchi uchun "Barselona"ga 130 mln evro berishga rozi. Bundan tashqari, futbolchining hozirgi haftasiga 700 ming evrolik maoshini ham yaxshilab bermoqchi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messining otasi Abramovichning Eclipse nomli yaxtasida muzokara o‘tkazdi