date
views 127

O‘zbekiston ko‘pkarichilari birinchi Jahon kubogida ishtirok etadi

O‘zbekiston ko‘pkarichilari birinchi Jahon kubogida ishtirok etadi

13-20 avgust kunlari Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati, Baktuu-Dolonotu qishlog‘idagi ippodromda ko‘pkari (ko‘k bo‘ri) bo‘yicha klublar o‘rtasidagi ilk jahon chempionati o‘tkaziladi.

Xalqaro turnirda sakkizta mamlakat: Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekiston, AQSH, Turkiya, Vengriya va Mo‘g‘uliston klublari ishtirok etadi.

Tadbirni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ochib beradi.

Jahon kubogi Qirg‘izistonning mahalliy «NTRK-Sport» telekanali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali translyatsiya qilinadi. Efir 13 avgust kuni soat 13.00 da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston ko‘pkarichilari birinchi Jahon kubogida ishtirok etadi