date
views 140

Aleksandr Krestinin: "Jamoam namoyish etgan o‘yindan qoniqdim"

Aleksandr Krestinin: "Jamoam namoyish etgan o‘yindan qoniqdim"

Superliganing 16-tur bahslaridan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Andijon" uchrashuvidan so‘ng, "qaldirg‘ochlar" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.

- Futbolchilar va muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. Ko‘p o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayotganimiz biz uchun katta bosim o‘tkazayotgan edi. Irodali g‘alabaga erishdik.

- Jamoaga yangi kelib qo‘shilgan himoyachi Tairaning jarohati qanchalik og‘ir?

- U jarohatidan tiklanmoqda. U qancha vaqtda tarkibga qaytishini ayta olmayman.

- Farrux Ikromovni zaxiradan maydonga tushirib, keyin yana zaxiraga oldingiz. Bunga sabab nima?

- Bugun Farruxning o‘yini chiqmadi. Farrux biz kutgandek o‘ynay olmadi va shu sababdan uni yana zaxiraga oldik. Mashgulotlarda u ancha yaxshiroq harakat qilayotgandi.

- "Bunyodkor" ushbu mavsum o‘z maydonida birinchi marotaba g‘alaba qozondi. Jamoangizning qaysi bo‘limdagi o‘yinidan ko‘proq qoniqdingiz?

- Joriy mavsum o‘z maydonimizda erishgan birinchi g‘alabaligini bilmas ekanman. O‘yinni tahlil qilib chiqamiz va keyin bir xulosaga kelamiz. o‘yin davomida biz ko‘proq to‘p bilan muomala qildik va ko‘proq hujumlar uyushtirdik. Erta gol o‘tkazib yuborishimiz yaxshi emas. Jamoam namoyish etgan o‘yindan qoniqdim. Raqib ham juda tartibli o‘yin namoyish etdi va juda to‘g‘ri himoyalandi.

- Farhod O‘tkirov siz kelgach yanada erkinroq o‘ynashni va ko‘proq vaziyatlar yaratishni boshladi. U endi o‘zining o‘yinini namoyish etmoqdami yoki sizning uslubingizdan kelib chiqib shunday o‘ynayaptimi?

- U katta potensialga ega futbolchi. Mashg‘ulotlarda ko‘p mehnat qilmoqda, samarasini o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Faqatgina O‘tkirov emas, butun jamoa mashg‘ulotlarda ko‘p mehnat qilmoqda va o‘sishga erishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Krestinin: "Jamoam namoyish etgan o‘yindan qoniqdim"