Saudiya Arabistoni. Ronaldusiz o‘ynagan "Al Nassr" Jerrard klubiga mag‘lub bo‘ldi

Saudiya Arabistoni. Ronaldusiz o‘ynagan "Al Nassr" Jerrard klubiga mag‘lub bo‘ldi

Saudiya Arabistoni chempionatining ilk turidan o‘rin olgan "Al-Ittifoq" - "An-Nasr" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi.

Dastlab, Mane 4-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi taym boshida Kvayson imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay Dembele ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, "Al-Ittifoq" turnir jadvalida 5-o‘ringa chiqib oldi. "An-Nasr" esa 12-pog‘onadan joy oldi.

"Al Ittifoq" – "Al Nassr" 2:1

Gollar: 0:1 – 4 Mane, 1:1 – 47 Kvayson, 2:1 – 53 Dembele.

"Al Ittifoq" – Paulo Viktor, Muhammad (Yusuf, 72), Tisseran, Xendri, Al Hatib, Xenderson (Ozdemir, 88), Xazazi (Mahzari, 72), Al Gamdi (Vitino, 46), Kvayson, Dembele (Al Gamdi, 85).

"Al Nassr" – Al Akidi, Bushal (Saluli, 90), Al Fatil, Ali, Konan, Alilavi (Al Gannam, 46), Al Sulayhim (Al Naji, 65), Al Haybari, Al Hassan (Adam, 71), Mane, Garib (Yahyo, 71).

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar