Krishtianu Ronaldu: Bu Yevroda hali hech kim Portugaliyani yenga olmadi. Umid qilamanki, fransuzlar ham yenga olmaydi


Portugaliya terma jamoasi hujumchii Krishtianu Roanldu Yevropa chempionati finali haqida fikrini bildirdi.
- Fransiya terma jamoasi - favorit. Mening nazdimda shunday. Ular o‘z uylarida o‘ynamoqdalar, bu esa katta ustunlik. Butun mamlakat fransuzlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ammo bu final va unda istalgan narsa bo‘lishi mumkin. Bizni osongina mag‘lub eta olmaydilar. Bu Yevroda hali hech kim Portugaliyani yenga olgani yo‘q va fransuzlar ham buni uddalay olmasliklariga umid qilaman.
Agar Portugaliya terma jamoasi bilan sovrin yuta olsam, bu men uchun ulkan yutuq bo‘lar edi. Buni har doim orzu qilganman, - deydi Ronaldu.































Izohlar 0
…