Yengil vaznning sobiq vaqtinchalik chempioni amerikalik Dastin Pore (29-8) o‘zining azaliy raqibi irlandiyalik Konor MakGregorning (22-6) hali-hanuz doping-testlarni topshirmagan holda janglarga qaytishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga o‘z reaksiyasini bildirdi:
"USADA (AQSH Antidoping Agentligi) menga juda yoqadi. Ular bizning sportni turli qing‘irliklardan holi, toza promoushen qilishda ulkan hissa qo‘shishmoqda. Lekin, ular olti oylik majburiy kutish jarayoni bo‘yicha Konorga yengillik qilib, uni ertaroq janglarga qo‘yib yuborishsa, bu shuncha payt qilgan mehnatini bir pul qilishga asos bo‘ladi.
Hech qachon kulrang zona bo‘lmaydi. Sen yoki oq, yoki qora zonada bo‘lasan. Shu paytgacha USADA'da shu ikki xil tasnif bo‘lgan. Oq - testlarni yaxshi topshir va janglarga jo‘na. Qora - tanangda ta’qiqlangan modda aniqlangan va jarima muddatingni kut!
Oldinlari umuman kulrang zona mavjud bo‘lmagan. Ko‘ramiz, oldinda bu mavzu bo‘yicha bizni qanday syurprizlar kutib turgan ekan?! Men UFC manziliga ham, USADA manziliga ham yomon gap yo‘llamoqchi emasman. Chunki, ular rasmiy qarorni qabul qilishmadi. Ammo, tashkilot USADA'ni sharmandalikka boshlaydigan ish qilmaydi degan umiddaman!"