Neymar nega “Al-Hilol”ni tanlaganini aytdi

Neymar nega “Al-Hilol”ni tanlaganini aytdi

Neymar Yevropa futbolini tark etib, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga ko‘chib o‘tdi. 31 yoshli yulduz faoliyatidagi burilishni quyidagicha izohladi.

- Men bu yerga liganing tezroq o‘sishiga yordamlashgani keldim. Saudiya Arabistoni ligasi juda ko‘p transferlarni amalga oshirdi va keskin o‘zgarib bormoqda. Bu liga yozdagi transferlar hisobiga raqobatbardosh musobaqaga aylanadi.

Bizning klub mavsumni yuqori darajada o‘tkazib, o‘z maqsadlariga yetishini kutyapman. Raqobat bo‘lishi muhim, deb hisoblayman. Shuning uchun ham men bu ligani tanladim. Bu yerda hammasi boshqacha va men uchun bu yangi chaqiruv, - dedi Neymar.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ta’kidlashicha, Neymar “Al-Hilol” bilan ikki yillik shartnoma imzolagan va bu muddat uchun arablardan 300 million yevroga yaqin maosh oladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar