00:10 / 20.08.2023
106

Maksim Shatskix: Hozir tomoshabop o‘yindan 3 ochko muhimroq

Maksim Shatskix: Hozir tomoshabop o‘yindan 3 ochko muhimroq

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix "Metallurg" ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- O‘yinni to‘liq nazorat qildik. Masalani birinchi bo‘limdayoq hal qilishimiz kerak edi. Raqib katta kuch bilan himoyalanishini va qarshi hujumda o‘ynashini bilardik. Shu sababli darvozamiz oldida ham yarim vaziyatlar paydo bo‘ldi. Yirik hisobda g‘alaba qozonishimiz kerak edi.

Superligada daraja ancha baland. Istalgan raqib bilan bahs og‘ir o‘tyapti. To‘g‘ri, kam gol urilyapti va bu muxlislarga yoqmasligi mumkin. Biroq so‘nggi soniyagacha intriga saqlanib turibdi. Ammo bu biz murabbiylar uchun yoqimli holat emas. Bugun ishonchli o‘yin namoyish etdik. Hozir tomoshabop o‘yindan 3 ochko muhimroq. Ayni damda so‘nggi uzatmada muammolar bor.

Yig‘inlardan so‘ng chempionat bahslariga kirishib ketish qiyin bo‘ladi. O‘rtoqlik va rasmiy o‘yinning farqi bor. Asosiysi qanday mag‘lubiyatga uchraganingizni tushunib olishingiz muhim. Ha, kutganimizdek start ololmadik. Biroq "Paxtakor" - chempion. Jamoamiz irodali ekanligini bir necha marotaba isbotladik. Hozir hammasi o‘zimizga bog‘liq. Yigitlarda mahorat yetarli.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maksim Shatskix: Hozir tomoshabop o‘yindan 3 ochko muhimroq