16:29 / 20.08.2023
87

Messi: "Chempionmiz! Klub tarixidagi ilk sovrin uchun xursandman"

Messi: "Chempionmiz! Klub tarixidagi ilk sovrin uchun xursandman"

Leo Messi "Inter Mayami" bilan sovrin qo‘lga kiritgani haqida gapirdi.

"Inter Mayami" Ligalar Kubogi finalida "Neshvill"ni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. 36 yoshli forvard esa turnirning  eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. U 7 o‘yinda 10ta gol urishga erishdi.

"Chempionmiz! Klub tarixidagi ilk sovrin uchun xursandman. Har bir futbolchi buning uchun katta kuch ishlatdi va hissasini qo‘shdi.

Umid qilamanki, bu endi boshlanishi. Olg‘a, "Inter Mayami"!", - deb yozadi futbolchi.

Ligalar Kubogi - AQSH va Meksika klublari ishtirok etadigan klublar turniri. Shu yildan ushbu turnir KONKAKAF bayrog‘i ostida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Florida klubi ushbu turnirda g‘olib bo‘lgani uchun KONKAKAF Chempionlar Kubogida 1/8 finaldan ishtirokini boshlaydi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi: "Chempionmiz! Klub tarixidagi ilk sovrin uchun xursandman"