date
views 245

Samvel Babayan: "Navbahor" - O‘zbekistonda klub futbolining drayveri"

Samvel Babayan: "Navbahor" - O‘zbekistonda klub futbolining drayveri"

"Al Vakra" hamda "Navbahor" o‘rtasidagi OFK Chempionlar ligasi saralash bosqichi o‘yinidan avval namanganliklar ustozi Samvel Babayan va yarim himoyachi Azim Ahmedov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Samvel Babayan: "OCHLga qaytish juda yoqimli va shu bilan birgalikda katta mas’uliyat. Biz mamlakatimizning futbolni ko‘proq sevadigan hududi nomidan ishtirok etamiz. Judayam ko‘p muxlislar jamoani qo‘llab-quvvatlashadi. Bu "Navbahor"ning OCHLdagi dastlabki ishtiroki bo‘ladi. So‘nggi yillarda "Navbahor" O‘zbekistonda klub futbolining drayveri bo‘lgani tufayli, keyingi bosqichga o‘tadi va bu musobaqada barqaror ishtirok etib boradi deb umid qilaman.

Ertangi bahsdagi maqsadimiz - albatta, o‘zimiz uchun kerakli natijaga erishish va muxlislarni quvontirish. Yaxshi jamoaga qarshi to‘p tepamiz, ular bu mavsumda yaxshi tarkib yig‘ib olishdi, buning isboti sifatida ular milliy chempionatda 3:0 hisobida g‘alabaga erishishganini ko‘rsatish mumkin.

Biz ertaga to‘p tepadigan arena ("Al Janub") Qatarda o‘tgan JCHning bezagiga aylandi, bu dizaynerlik san’atining avangardi hisoblanadi. Har bir murabbiy va futbolchi uchun bu arenada o‘tadigan bahs ishtirokchisi bo‘lish katta sharaf deb bilaman. Ertangi bahs juda qiziq bo‘ladi deb o‘ylayman".

Azim Ahmedov: "Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib, ushbu muvaffaqiyatni muxlislarga bag‘ishlaymiz."

Samvel Babayan: "Al Vakra"ni tajribali mutaxassis boshqarmoqda. Tarkibda kuchsiz pozitsiyalar deyarli yo‘q. Har bir chiziqda yaxshi futbolchilar yetarlicha".

Azim Ahmedov: "Al Vakra"ni yaxshi o‘rgandik, tarkibda kuchli futbolchilar bor".

Samvel Babayan: "Qaytaraman, tarkib kuchli, bir necha terma jamoalarning futbolchilari yig‘ilgan. Biroq ularning kuchsiz tomonlari ham bor. Bu haqida hozir gapira olmayman, ammo ertangi bahsda kerakli natija qayd etish uchun nima qilishimiz kerakligini yaxshi bilamiz".

Azim Ahmedov: "Al Vakra"ning eng kuchli jihati - hujum ekan".

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Navbahor" - O‘zbekistonda klub futbolining drayveri"