date
views 381

Shaxmat bo‘yicha jahon kubogi finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Shaxmat bo‘yicha jahon kubogi finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha jahon kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Yarim final bosqichida Norvegiya vakili Magnus Karlsen mezbon shaxmatchi Nijat Abasovni 1.5-0.5 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, hindistonlik yosh iste’dod - Rameshbabu Praggnanandha AQSHlik Fabiano Karuanadan qo‘shimcha o‘yinlar natijasiga ko‘ra, 3.5-2.5 hisobida ustun keldi.

Endilikda, Kalsen va Praggnanandha musobaqa g‘olibligi uchun kurashsa, 3-o‘rin uchun bahslarda Fabiano Karuana va Nijat Abasov o‘zaro kuch sinashadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shaxmat bo‘yicha jahon kubogi finalchilari nomi ma’lum bo‘ldi